Xurshidbek Normatov engilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi
Professional boksda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan Xurshidbek Normatov (4-0, KO2) beshinchi jangini Nyu-Yorkdagi “BB King Blues Club & Grill” klubida o‘tkazadi. Jang 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mazkur qarama-qarshilikda u puerto-rikalik engilmas bokschi Niklaus Flaz bilan kuch sinashadi. Bu bokschi 2015 yili professional ringga qadam qo‘ygan va shu vaqtgacha 5 ta jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Shulardan to‘rttasida nokaut qayd etgan.
Xurshidbek Normatov so‘nggi marta ringga 28 oktyabr kuni chiqib, kanadalik Bryus Lyuchmial (2-4-0)ni texnik nokuatga uchratgan edi.

Fikrlar