Xurshidbek Normatov engilmas bokschini mag‘lub qildi
Professional bokschimiz Xurshidbek Normatov (4-0, KO2) faoliyatidagi beshinchi jangini Nyu-Yorkdagi “BB King Blues Club & Grill” klubida o‘tkazdi.
Mazkur qarama-qarshilikda unga puerto-rikalik engilmas bokschi Niklaus Flaz bilan kuch sinashdi. Bu bokschi 2015 yili professional ringga qadam qo‘ygan va shu vaqtgacha 5 ta jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Shulardan to‘rttasida nokaut qayd etgan edi.

Xurshidbek Normatov bundan oldingi jangini 28 oktyabr kuni kanadalik Bryus Lyuchmialga (2-4-0) qarshi o‘tkazib, uni texnik nokuatga uchratgan edi.

Fikrlar