Xurshidbek Normatov uzoq tanaffusdan so‘ng ringga qaytmoqda
O‘tgan yili havaskorlar boksidan professional boksga o‘tgan hamyurtimiz Xurshidbek Normatov (3-0-0) o‘zining navbatdagi AQShning Konnektikut shtatida o‘tkazadi. Jang 15 sentyabrga belgilangan.
Hozirda bokschimizning raqibi yaqin vaqt ichida ma’lum qilinishi aytilmoqda.
Bungacha Xurshidbek professional ringda uchta jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. U so‘nggi marta Filadelfiyada o‘tgan yilning 11 noyabr kuni amerikalik Lenvud Dotsierni ochkolar bo‘yicha mag‘lub qilgan edi.

Fikrlar