
Yangi mavsum EChLda ishtirok etadigan 32ta jamoadan 26tasining nomi ma’lum bo‘ldi
O‘tgan hafta Evropaning bir qator etakchi chempionatarida mavsum rasman yakuniga etdi.
Unga ko‘ra 2018/19 yilgi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadigan 32ta klubdan 26tasining nomiga ham aniqlik kiritildi.
Endi "Barselona", "Atletiko", "Real", "Valensiya" (barchasi - Ispaniya), "Bavariya", "Shalke", "Xoffenxaym", "Borussiya" D (barchasi - Germaniya), "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Liverpul" (barchasi - Angliya), "Yuventus", "Napoli", "Roma", "Inter" (barchasi - Italiya), PSJ, "Monako", "Lion" (barchasi - Frantsiya), "Lokomotiv", TsSKA (ikkalasi - Rossiya), "Shaxtyor" (Ukraina), "Bryugge" (Belgiya), "Galatasaray" (Turkiya) va "Viktoriya Plzen" (Chexiya) jamoalari yangi mavsumni EChLda ishtirok etishadi.
Ma’lumot uchun, qolgan 6ta yo‘llanma egasi saralash bahslaridan so‘ng aniq bo‘ladi.
Fikrlar