Yap Stam Gollandiya klubiga bosh murabbiy bo‘ldi

  • 28 dekabr, 2018, 22:33
  • 1
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi sobiq himoyachisi Yap Stam Gollandiyaning "Zvolle" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 46 yoshli mutaxassis jamoa bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Qayd etish lozimki, "Zvolle" Stam uchun begona emas. Boisi, u o‘zining professional faoliyatini aynan mana shu jamoada boshlagan.

Ma’lumot uchun, Yap Stam bundan avval Angliyaning “Reding” (2016-2018) klubini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
28/12/2018 22:50
Буни кал калласи яхши ишлайди. Жуда сифатли химоячи эди