Yaponiyalik chempion bokschi Golovkinning keyingi raqibi bo‘lishi mumkin

  • 21 oktabr, 2018, 15:50
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

O‘rta vazn toifasining WBA Regular kamari sohibi Riota Murata ushbu vaznda sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin bilan jang qilishni rejalashtirmoqda.

Agar jang tashkil qilinadigan bo‘lsa, ajoyib bo‘lardi. Albatta, bu boks olami uchun. Bu haqiqiy jang bo‘lardi. Bu kuchli bokschilarning qarama-qarshiligi. Saul Alvares bilan jang? Men u bilan uchrashishdan xursand bo‘lardim, ammo bunga meksikancha go‘sht xalaqit bermasa, – deeya yaponiyalik sportchining so‘zlarini keltiradi Boxingnews24 nashri.

20 oktyabrdan 21 oktyabrga o‘tar kechasi Murata Las-Vegasda Rob Brant bilan kuch sinashib, g‘alaba qozondi. Bu Murataning ikkinchi himoya jangi. U kamarni Xassan N’Jikam bilan bo‘lgan jangda qo‘lga kiritgan. Joriy yil aprelida u Emmanuel Blandamurni nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!