
Yaya Ture "Manchester Siti"da qoladi
“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Yaya Ture ingliz klubi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deya xabar beradi ESPN FC nashri.
Iyunda 6 nafar futbolchining “Manchester Siti” klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi va ulardan besh nafari jamoani tark etadi. Ular: Pablo Sabaleta, Gael Klishi, Bakari Sanya, Xesus Navas va Villi Kabalerodir.
Turening klubdagi taqdiri esa noma’lum bo‘lib turibdi. Har ikki tomon ham yangi kelishuv imzolanishiga ishonmoqda. 34 yoshli ivuarlik yarim himoyachi Xosep Gvardiola jamoasida 31 o‘yinda 7 gol (3 pas)ga mualliflik qildi.
Fikrlar