
Yerri Mina: APL - dunyoning eng kuchli chempionati
Kolumbiyalik himoyachi Yerri Mina “Everton”ga ko‘chib o‘tgach o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Jamoa nima uchundir kurashishi muhim. Men bu erga shuning uchun kelganman.
Men premer-ligani ko‘p kuzatdim. Bu dunyodagi eng kuchli chempionat. Bu men uchun ajoyib imkoniyat va shu bois mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman.
Men “Everton”da o‘zimning eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsatmoqchiman”, - deydi Mina.
Fikrlar