
Yerri Mina "Everton"dagi jamoadoshlari bilan garov o‘ynadi
Angliyaning "Everton" klubi himoyachisi Yerri Mina joriy mavsum APLda 5tadan kam gol urmasligiga ishonmoqda.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli kolumbiyalik futbolchi ayni damda “irischilar” safida birga to‘p surayotgan “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlari Lyuka Din hamda Andre Gomeshlar bilan bu mavsum premer-ligada 5tadan kam gol urmasligi borasida garov o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, Mina jarohati sabab joriy mavsum “Everton”da hozircha birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi.
Fikrlar