
Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasining Rossiya va Gollandiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov yaqinlashib kelayotgan Rossiya qa Gollandiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Manuel Noyer («Bavariya»), Bernd Leno («Arsenal»), Kevin Trapp («Ayntraxt» Frankfurt);
Himoyachilar: Mats Xummels, Yozua Kimmix, Niklas Zyule (barchasi – «Bavariya»), Antonio Ryudiger («Chelsi»), Tilo Kerer («PSJ»), Mattias Ginter («Borussiya» M), Yonas Xektor («Keln»), Niko Shults («Xoffenxaym»), Djonatan Ta («Bayer»);
Yarim himoyachi va hujumchilar: Yulian Brandt, Kay Xavertts (ikkalasi – «Bayer»), Marko Roys («Borussiya» D), Yulian Draksler («PSJ»), Toni Kroos («Real»), Sebastyan Rudi, Mark Ut (ikkalasi – «Shalke»), Tomas Myuller, Leon Gorettska, Serj Gnabri (barchasi – «Bavariya»), Leroy Sane («Manchester Siti»), Timo Verner («RB Leyptsig»).
Eslatib o‘tamiz, Bundestim dastlab 15 noyabr kuni Rossiyaga qarshi, keyin esa 19 noyabr kuni Gollandiyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar