Yoaxim Lyov: O‘zil biz bilan gaplashishni istamayapti

  • 11 dekabr, 2018, 07:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev yarim himoyachi Mesut O‘zil hamon termadan ketganiga biror izoh bermaganini ta’idlab o‘tdi.

Tecno

Mesut “Arsenal” bazasiga tashrif buyurganimda mashg‘ulotlarga kelmadi. Ayni damda uning biz bilan muloqot qilishiga xohishi yo‘qligini bilaman. Sababi bilmayman. Ketish qarorini menga xabar qilmaganidan xafsalam pir bo‘ldi. O‘zildan biror xabar bo‘lmadi, – deya Lyovning so‘zlarini keltiradi ZDF nashri.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 boshlanish arafasida O‘zil Turkiya prezidenti Rejep Erdog‘on bilan suratga tushgan. Aynan shu narsa Germaniyada jiddiy norozilikka sabab bo‘ldi. Germaniya terma jamoasi mundialdan chiqib ketgandan so‘ng O‘zil xalqaro faoliyatini yakunlanganini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!