Yoaxim Lyov O‘zildan qattiq ranjiganini aytdi

  • 7 sentabr, 2018, 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zildan qattiq ranjiganini aytdi.

“Men Mesutning qo‘ng‘iroq qilib, nega Germaniya terma jamoasidan ketganini tushuntirib berishini kutgandim. Lekin bunday bo‘lmadi va men bundan qattiq ranjidim. Uning insoniy fazilati meni xafa qildi. Chunki, biz u bilan uzoq yil birga ishladik. Biroq, shunga qaramay, agar uning terma jamoaga qaytishi uchun imkon paydo bo‘lsa, men bu borada tashabbus qilishga tayyorman”, - deydi tajribali mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zil Turkiya prezidenti bilan birga suratga tushganidan so‘ng germaniyalik ishqibozlar va mamlakat futbol ommasi tomonidan jiddiy tanqidga uchragan edi. Shundan so‘ng u Germaniya terma jamoasidan ketgani haqida e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!