Yosh tennischilarimiz Tojikiston kortlarida g‘alaba qilmoqda
Tojikiston Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi xalqaro turnirning birinchi davra uchrashuvlari yakunlandi.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan tennischilardan ikki nafari bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
O‘smirlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Iskandar Karimov rossiyalik Aleksey Abazovni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi davraga o‘tdi.
Qizlar musobaqasida birinchi raqamda saralangan hamyurtimiz Yuliya Kim dastlabki uchrashuvda rossiyalik Viktoriya Obolonskaya ustidan 6:0, 6:2 hisobida tezkor g‘alabaga erishdi.

Fikrlar