Yoshlar ligasi. Qarshidagi "triller"
"Qo‘qon-1912" jamoasi o‘rinbosarlari ikkinchi davradagi ilk uchrashuvlarini mehmonda “Nasaf”ga qarshi o‘tkazishdi. Shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda jangovor durang qayd etildi.
O‘yindagi dastlabki xavfli vaziyatni mezbonlar yaratishdi. Lekin ushbu vaziyatdan maydon egalari unumli foydalana olishmadi.
8-daqiqada Oybek Rustamovning zarbasi kuchli, biroz noaniq bo‘ldi. 10-daqiqada esa Muhammadanas Hasanov yaqin masofadan zarba yo‘llashda adashdi
16-daqiqada qarshiliklar penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Qo‘qonliklar darvozaboni penaltini qaytardi. Jahongir Qurbonboboev bergan zarbani Abdullaev ushlab oldi.
22-daqiqada uchrashuvda hisob ochildi. Mezbonlar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi. Gol muallifi - A Ne’matov bo‘ldi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida vakllarimiz qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. Rustamov-Meliqo‘ziev-Mamatxo‘jaev kombinatsiyasi chiroyli chiqdi. So‘nggi zarbani yo‘llaydigan futbolchi topilmadi.
Ikkinchi taym mehmonlar uchun omadli boshlandi. 47-daqiqada o‘ng qanotdan Muhammadanas Hasanov oshirib bergan to‘pni Baratov boshi bilan chiroyli tarzda raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
Kombinatsiya va gol shunday chiroyli bo‘ldiki, hatto maxalliy muxlislar xam qarsak chalib olqishlashdi.
52-daqiqada Abror Rahmonov raqiblar darvozasiga ikkinchi golni kiritib, qo‘qonliklarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi goldan ruhlangan yoshlar yana bitta ajoyib kombinatsiya tashkil etishdi. Malikjonov to‘pni Avilovga oshirdi. Avilov bir nechta futbolchini aldab jarima maydonchasiga yorib kirdi. So‘nggi pallada ximoyachi to‘pni qaytarib yubordi.
Shundan keyin ham Muhsin Nizomiddinov shoshirdlarida raqib darvozasini ishg‘ol etish uchun imkoniyatlar vujudga kelgandi. Ammo jamoa ulardan foydalana olmadi.
67-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Himoyachi va darvozabon bir-biriga ishonib qolishi natijasida yana o‘sha Ne’matov ikkinchi marta darvozani ishg‘ol etdi.
71-daqiqada Abror Raxmonov dublga erishishi mumkin edi. “Nasaf” posboni jamoasini yaqqol goldan saqlab qoldi.
78-daqiqada mezbonlar chiroyli kombinatsiya orqali xisobda oldinga chiqib olishdi. Gol muallifi zaxiradan maydonga tushgan Xudoyor Sagdullaev bo‘ldi.
Mezbonlarning zaxiradan maydona tushgan darvozaboni bugungi uchrashuv qaxramoni desak adashmaymiz. Abduvohid Ne’matov 3 ta yaqqol golli vaziyatda jamoasini qutqardi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida qo‘qonliklar qarshiliklar darvozasini uchinchi marta aniq nishonga olishdi. Avaz Mamatxo‘jaev hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi.
Bugungi o‘yin bemalol oliy liga darajasidagi o‘yin bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Muxlislar shiddatli va chiroyli futbol guvohiga aylanishdi.
Yoshlar ligasi
16-tur
“Nasaf” (Qarshi) – Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – 3:3 (1:0)
Hakamlar: Dilshod Karimov (Toshkent), Artyom Kalinin (Qarshi), Farhod Usmonov (Qarshi), Ravshan Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: Roman Dmitriy (Toshkent)
Gollar: Alfayzi Ne’matov – 16, 67, Xudoyor Sagdullaev. - Dilshod Baratov – 47, Abror Rahmonov – 52, Oybek Rustamov – 89.
“Nasaf”: 44. Muzaffar Sharipov, 5. Sadullo Rahmatov, 6. Sirojiddin Qo‘ziev, 7. Akmaljon Olimov, 10. Alfayzi Ne’matov, 14. Jahongir Qurbonboev, 15. G‘olib G‘aybullaev, 16. Sherzod Nasrullaev, 28. Sardor Sa’dullaev, 34. Ilhomjon Alijonov, 38. Doniyorjon Narzullaev.
Zaxira: 30. Abduvohid Ne’matov, 13. Muhriddin Zoirov, 22. Alijon Ahmatov,
32. Navro‘z Saidov, 33. Shohruh Ne’matov, 36. Anvar Husanov, 45. Xudoyorxon Sagdullaev.
“Qo‘qon-1912”: 30. Islom Abdullaev, 4. Doniyor To‘lashev, 6. Dilshod Baratov, 7. Oybek Rustamov, 10. Abror Rahmonov, 19.Doston Meliqo‘ziev, 22. Muhammadanas Hasanov, 25. Ismoil Oxunjonov, 28.Avazxon Mamatxo‘jaev, 29. Iqbol Malikjonov, 75. Xushnudbek Avilov.
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 33. Ramzbek Isaqov, 8.Baxtiyor Abdubannonov, 15. Ibrohim Ahmadjonov, 22.Mo‘minjon Sodiqjonov, 24. Ma’mur Rahimov, 23. Avaz Yusufjonov.

Fikrlar