Yozda shartnomasi tugaydigan top futbolchilar

  • 16 dekabr, 2017, 11:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2018 yilning yozida bir qator mashhur futbolchilarning o‘z jamoalari bilan amaldagi shartnomasi tugaydi. Biz esa bugun sizlarni  ana shunday futbolchilar bilan tanishtiramiz.

Tecno

Fernando Torres (33 yosh) – “Atletiko”

Torres bu mavsum deyarli o‘ynamayapti. La liganing ortda qolgan 15 turida 33 yoshli hujumchi faqatgina 1 bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ispan OAVda esa Torres faoliyatini davom ettirish uchun boshqa jamoa takliflarini ko‘rib chiqayotgani borasida xabarlar yo‘q emas. Ular orasida  “Nyukasl”, “Bavariya” va Xitoy klublari qayd etilmoqda.

Aleksis Sanches (28 yosh) va Mesut O‘zil (29 yosh) – “Arsenal”

Sanches  Londondan ketmoqchi ekanligini bir necha bor ochiq tarzda aytib o‘tdi. Arsen Venger O‘zilni qishda jamoani tark etmasligini bir necha bor takrorlab o‘tdi. Biroq mse Venger yozda germaniyalik futbolchini ham jamoada olib qola olmasligi aniq. Unga “Barselona” hamda “Manchester Yunayted” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va internet sahifalarida har kuni “bolalamoqda”.

Andres Inesta (33 yosh) – “Barselona”

Inesta borasida biroz g‘alatilik mavjud. Uning amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etar edi. Futbolchining o‘z esa faoliyatini boshqa jamoada tugatishi ham mumkinligini aytib o‘tdi. So‘ngra, kataloniyaliklar bilam umrbod shartnoma imzoladi.

“Inesta – doimo” yozuvi bor edi taqdimot marosimida u kiygan libosda. Biroq shartnoma imzolangan kunning ertasigayoq, Inesta yangi shartnomaning bir bandiga ko‘ra, jamoani tark etishi mumkin ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqrog‘i, 33 yoshli futbolchi har yili aprel oyiga qadar jamoadan ketish istagi borligi borasida xabar bersa, klub uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘lishi ko‘rsatilgan ekan.

Aren Robben (33 yosh) va Frank Riberi (34 yosh) – “Bavariya”

Ushbu ikkovlon “Bavariya”ning yorqin o‘tmishlaridirlar. Biroq ularning ham shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. “Gap bizga katta xizmatlar qilgan futbolchilar haqida ketmoqda. Har ikkalasi bilan ham jiddiy gaplashib olamiz. Bu bahorning boshlarida bo‘ladi”, – deb aytib o‘tgan edi myunxenliklar boshqaruv kengashi raisi Rumenigge.

Jorjo Kellini (33 yosh) – “Yuventus”

Markaziy himoyachi 2005 yildan buyon Turin klubida o‘ynab keladi. Agarda, jamoani Buffon va Kellini tark etadigan bo‘lsa, klubni butun bir davr tark etgan bo‘ladi. Biroq so‘nggi xabarlarga qaraganda, “Yuventus” 33 yoshli himoyachiga 1 yillik yangi shartnoma taklif qilgan.

Zlatan Ibragimovich (36 yosh) – “Manchester Yunayted”

Zlatan  36 yoshda va xali uni “o‘yindan chiqarish”ga erta. Ingliz nashrlarida Ibra Manchesterda yana 1,5 yil qolishni istashi borasida xabarlar tarqamoqda. Unga ko‘ra, Ibragimovich keyin AQSh yo‘l olar emish. Bu boradagi aniq ma’lumotlar esa yangi yil bayramidan so‘ng Joze Mourino bilan bo‘ladigan suhbatdan so‘ng ma’lum bo‘lishi aytilmoqda.

Yaya Ture (34 yosh) – “Manchester Siti”

Yana bir qariya futbolchi. U ham xali ko‘p narsalarga qodir. Ivuarlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lganlar ikki narsani amalga oshirishlari kerak:

1. Kimdir Yayani o‘z safida ko‘rishni istasa, uning agenti Selyuk bilan kelishishi lozim.

2. Hech qachon Turening tug‘ilgan kunini jamoadagi hech kim unutib qo‘ymasligi kerak. Yo‘qsa, orada qandaydir kelishmovchilik kelib chiqishi aniq.

Kilian Mbappe  (18 yosh) – PSJ

Xa, yanglishmadingiz. Parijliklar Mbappeni bir yilga ijaraga olishgan. Aniqrog‘i, PSJning ayyor rahbarlari moliyaviy feyr-pleyni chetlab o‘tish uchun shunday ishga qo‘l urishgan. To‘g‘ri, PSJda uning transferini sotib olish huquqi bor. Biroq buning uchun parijliklar safini kamida ikki futbolchi tark etishi kerak bo‘ladi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Manba: Championat.com

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!