Yuliya Gyorges Oklendga Roberto Bautista-Agut bilan boradi
Germaniyalik tennischi Yuliya Gyorges kelgusi yili Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o‘tadigan "ASB Classic" turnirida ishtirok etadi.
Shuningdek, ushbu turnirning erkaklar o‘rtasidagi bahslarda ispaniyalik Roberto Bautista-Agut ham qatnashadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Yuliya joriy yilda ushbu musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa ispaniyalik Roberto Bautista-Agut g‘alaba qozongan.

Fikrlar