Yuliya Gyorges «St.Petersburg Ladies Trophy - 2018» turnirining kashfiyotiga qarshi kortga chiqadi

Rossiyada «St.Petersburg Ladies Trophy - 2018» turnirining ikkinchi davrasida germaniyalik Yuliya Gyorges italiyalik Roberta Vinchiga qarshi kuch sinashdi.

Chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tgan mazkur bahsda Yuliya tajribali raqibini 7:5, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun Yuliya rossiyalik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!