
Yurgen Klopp: Hozirgi "Bavariya" men bilgan "Bavariya" emas
Xabaringiz bor bugun UEFA Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qur’a tashlandi. “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp ushbu bosqichda “Bavariya”ga to‘qnash kelganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Yaxshi qur’a. Darhol sezdimki bizga kuchli raqib tushadi. “Bavariya” – top darajadagi jamoa. Men uchun Germaniyaga qaytish juda ajoyib bo‘ladi. Bizda ushbu uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun etarlicha vaqt bor. Umid qilamanki ungacha barcha futbolchilarim safda bo‘ladi. Bu qarama-qarshilik juda qiyin bo‘ladi, ammo shu bilan birga qiziqirli ham.
Mening Germaniyadagi tajribalarim? Bilmadim bu qanchalik ahamiyatga ega. Chunki, hozirgi “Bavariya” bu men bilgan va men to‘qnash kelgan “Bavariya” emas. Barchasini maydondagi futbolchilar hal qilishadi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Bavariya" juftligining ilk to‘qnashuvi 19 fevral kuni "Enfild"da bo‘ladi, javob bahsiga esa 13 mart kuni "Alyants Arena" mezbonlik qiladi.
Fikrlar