"Yuventus" Alleri o‘rniga 4ta mashhur mutaxassisni ko‘z ostiga olib qo‘ydi
Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati bosh murabbiy Massimiliano Allegri jamoadan ketgan taqdirda uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni ko‘z ostiga olib qo‘ymoqda.
Tuttosport tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar short-listida Yurgen Klopp ("Liverpul"), Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Zinedin Zidan va Antonio Konte kabi mutaxassislar bor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuve” 2010-2014 yillarda jamoani boshqargan Konteni ortga qaytarishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar