"Yuventus" Dibalaning transferi borasida 3ta grand klubdan taklif oldi
Turinning "Yuventus" klubi argentinalik hujumchisi Paulo Dibala borasida 3ta klubdan taklif oldi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli futbolchiga"Bavariya", "Manchester Siti" va PSJ klublari da’vogarlik qilishmoqda. O‘z navbatida “keksa sinora” ham ushbu takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, faqat hozir emas, mavsum yakunlangach. Bundan tashqari turinliklar argentinalik futbol yulduzini 100 million evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum "Yuventus" safida jami 22ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar