
"Yuventus" Maxrezni ko‘zlamoqda
Turinning "Yuventus" klubi yozgi transferlar davrida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Riyod Maxrez sotib olmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda..
“Keksa sinora” 28 yoshli jazoirlik futbolchining transferi uchun braziliyalik yarim himoyachisi Duglas Kostani qo‘shishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Maxrez “Manchester Siti” safiga yozda “Lester”dan 68 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum “shaharliklar” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar