"Yuventus" Pyanichga munosib o‘rinbosar topdi

  • 1 avgust, 2018, 22:31
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketishi kutilayotgan yarim himoyachi Miralem Pyanichning o‘rniga munosib futbolchi topib qo‘ydi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 28 yoshli bosniyalik futbolchisining o‘rniga "Chelsi" xavbeki N'Golo Kanteni olib kelmoqchi. Biroq, eslatib o‘tish lozimki bundan avvalroq “aristokratlar” frantsiyalik futbolchining maoshini ikki barobar oshirishi mumkinligi va shu yo‘l bilan uni jamoada olib qolmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Pyanich uchun esa "Barselona" va "Real" kabi ispan grandlari jiddiy kurash olib borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!