“Yuventus” Pyanichning narxini e’lon qildi

  • 20.07.2018 18:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanichning tez orada jamoani tark etishi tobora oydinlashmoqda.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati 28 yoshli bosniyalik futbolchining transferidan kamida 80 mln evro ishlab olmoqchi. Uning transferidan tushadigan mablag‘ga esa PSJdan Adrian Raboni sotib olishga sarflamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pyanichga Londonning “Chelsi” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!