"Yuventus" Salax uchun 200 mln evro berishga tayyor

  • 12 fevral, 2019, 14:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi o‘z tarkibiga “Liverpul” va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salahni qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky News Arabi nashri xabar tarqatgan.

Tecno

Transfer 200 million evroga baholamoqda. Bu transferni amalga oshishini turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham ijobiy qabul qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Salah bu jamoada bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan munosabatlari yomonlashayotgan argentinalik Paulo Dibalaga o‘rnini egallashi kerak.

Agar Salah bilan shartnoma imzolanmasa, “Yuventus” o‘z e’tiborini Madridning “Real” klubi yarnim himoyachisi Marko Asensioga qaratadi.

Salah bu mavsum APLda 26 o‘yinda 17 gol va 7 golli uzatmaga mualliflik qilgan. U to‘purarlik borasida “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero bilan qo‘shhokimlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!