"Yuventus" Xedirani o‘zida saqlab qolishga urinmoqda

  • 19 may, 2018, 19:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Sami Xedirani qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” qanday qilib bo‘lmasin 31 yoshli germaniyalik futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi. O‘z navbatida Xedira kuchini Angliya premer-ligasida sinab ko‘rishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Xediraning “Yuventus” bilan amaldagi shartnmoasi 2019 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum A Seriyada jami 27ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!