"Yuventus" etakchilaridan biri "Atletiko"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi

  • 20.02.2019 19:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Sami Xedira bir oyga safdan chiqdi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 31 yoshli germaniyalik futbolchi yuragi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqan. Shu bois u EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi har ikkala o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, Xedira joriy mavsum “Yuventus” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!