"Yuventus" etakchilaridan biri noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 28 yanvar, 2019, 12:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi kecha A Seriyaning 21-turi doirasida “Latsio”ga (1:2) qarshi bahsda jarohat oldi.

Tecno

Aniqrog‘i, uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq jarohat olgan 31 yoshli italiyalik futbolchi maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Hozircha uning jarohati haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Ammo, tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning qachon safga qaytishi haqida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun, Bonuchchi joriy mavsum “Yuventus” safida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol va 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!