"Yuventus" sobiq bosh direktori "Inter"da ish boshladi

  • 22.11.2018 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning sentyabr oyi boshida “Yuventus” bosh direktori lavozimidan sensatsion tarzda iste’foga chiqqan Beppe Marotta “Inter”da ish boshladi.

FCInterNews tarqatgan xabarga ko‘ra Marotta kecha A Seriya klublari yig‘ilishiga "Inter" bosh direktori Alessandro Antonello bilan birga tashrif buyurgan.

Ammo, Morattaning “neradzurrilar” safida ish boshlagani hozircha rasman e’lon qilingani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!