"Yuventus" ustozi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini o‘chirib yubordi
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kecha o‘zining barcha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘chirib yubordi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 fevral kuni 51 yoshli mutaxassis o‘zining tvitter va instagramdagi sahifasini to‘satdan o‘chirib yubordi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” ayni damda A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. Turinliklar navbatdagi turni 3 mart kuni musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Napoli”ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar