"Yuventus" va "Arsenal" bir futbolchini ko‘zlamoqda

  • 10 yanvar, 2019, 16:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" va "Arsenal" klublari Gollandiyaning "Villem II" klubi hujumchisi Donis Avdiyay uchun kurash boshlashdi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra har ikkala jamoa ham 22 yoshli kosovalik futbolchini yozda, ya’ni shartnomasi tugab erkin agentga aylanganda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Avdiyay "Villem II" safida joriy mavsum boshidan buyon to‘p surib kelmoqda. U hozircha 19ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 8ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning taxminiy transfer bahosi esa 2 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!