Zidan "Bavariya"ga qarshi kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

  • 1 may, 2018, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi ustozi Zinedin Zidan bugun “Bavariya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Chempionlar ligasi yarim final javob bahsi uchun jamoaning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi.

Unga ko‘ra jarohatlangan Dani Karvaxal va Isko ushbu tarkibga kiritilmadi.

Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Luka Zidan;

Himoyachilar: Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Teo Ernandes;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Marko Asensio, Mateo Kovachich, Dani Sebalos;

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda “qirollik klubi” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bugungi bahs esa Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!