
Zidan MYu rahbariyatiga shart qo‘ymoqda
"Real" Madrid klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘ziga taklif bilan chiqayotgan "Manchester Yunayted"ga shart qo‘ymoqda. Bu haqda Tribalfootball nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 46 yoshli frantsiyalik mutaxassis "Old Trafford"ga ko‘chib o‘tgan taqdirda, jamoaning transfer boshqaruvini to‘liq o‘z nazoratiga olishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, agar MYuning amaldagi bosh murabbiyi Joze Mourino iste’foga chiqarilsa, uning o‘rniga asosiy nomzod aynan Zidan hisoblanadi.
Fikrlar