
Zidan: Menda ikkita darvozabon bor, ulardan mamnunman
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub posbonlari Keylor Navas va Kiko Kasilyaning o‘yinidan mamnun ekanini aytdi.
Frantsiyalik mutaxassis “Qirollik klubi”ning “Atletik Bilbao” darvozaboni Kepu Arrisabalagaga bo‘lgan qiziqishi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.
“Navas yaxshi sport formasida, ammo futbolchilarga ular ko‘prog‘iga qodir ekanini aytib kelaman. Yangi darvozabonni xarid qilish masalasida esa shuni aytmoqchimanki, menda ikkita posbon bor va men ulardan mamnunman”, – dedi Zidan.
Ispaniya OAVlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, “Real” qishki transferda “Atletik Bilbao” posbonini 20 mln evroga sotib olishni maqsad qilgan.
Fikrlar