A Pro ligaga tushib ketgan "Dinamo" katta loyihaga qo‘l urmoqda. Endi jamoani ispaniyalik murabbiy boshqaradi

  • 2 dekabr, 2019, 16:18
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Samarqandning "Dinamo" klubi va akademiyasi ispaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni boshlash arafasida. Bu haqda "Sport" TV sharhlovchisi Bobur Akmalov telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

El Golazo loyixasi muallifi Zokirjon Xoliqov va Real Madrid fondiga shahardagi futbol akademiyasi va "Dinamo" boshqaruvi topshirilishi arafasida. Real Madrid Fondeyshn "Dinamo" murabbiyligiga Italiya va Argentina pasportiga ega mutaxassis Andres Roberto nomzodini tavsiya qilmoqda.

Robertoga murabbiylar shtabidan Zokirjon Xoliqov o‘rin olishi mumkin. Shuningdek, "Sherdor" klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorovga ham taklif berilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Andres Robertoning maoshining yarmini Real Madrid bilan yaxshi aloqalarga ega "Al Maktum" fondi to‘lab beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
TFT
02/12/2019 20:53
Келаси йил 16та жамоа буларканда.Хакикатга ўхшаяпти.
Расулжон Тоштемиров
02/12/2019 20:05
Хайитдан кейинги хинани нима кераги бор Динамо
Islom Esanov
02/12/2019 18:05
bizi superligada Barselona va Real Madrid ham bo`lganida 3 talika kira olmasdi
&
AzizXudoyberdiyev
02/12/2019 18:00
Endi foydasi yo'q
&
Ramzis ll
02/12/2019 17:05
Dinamo uchun xursandman. (Unday bo'lsa Dinamoni supurligada olib qaolarmiz a Ispaniyadan murabbiy kelipti deb)