
A Seriya. "Atalanta" "Verona"ni enga olmadi va 2-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi
Hozirgina Italiya A Seriyasining 34-turidan o‘rin olgan “Verona” hamda “Atalanta” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Dastlab Joan Sapata (50) bergamoliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Pessina (59) hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa “Atalanta” “Inter”ni ortda qoldirib 2-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Fikrlar