A Seriya ham 5 ta futbolchi almashtirish qoidasini saqlab qoldi
Bir uchrashuvda 5 tagacha futbolchi almashtirish huquqi Italiya chempionatida 2020/21 yilgi mavsumda ham o‘z kuchida saqlanib qoladi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina xabar berdi.
FIFA ligalarga 2020/2021 yilgi mavsum uchun bir o‘yinda beshtagacha futbolchi almashtirish qoidasini saqlab qolishga ruxsat berdi. Ushbu qoida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq pauzadan keyin ko‘plab jarohatlarning oldini olish maqsadida kiritilgan.
Hozircha kuchli beshlik chempionatlari orasida faqatgina APL ushbu qoidadan voz kechishga qaror qildi xolos.
Avvalroq, futbol qoidalarini tartibga soluvchi Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) kelasi mavsum ham bir o‘yinda beshta futbolchi almashtirishga ruxsat berishi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar