A Seriya klubi mashg‘ulotlarni boshlashini e’lon qildi

  • 02.05.2020 23:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Sassuolo" mashg‘ulotlarni boshlashini e’lon qilgan A Seriyaning birinchi klubi bo‘ldi. Ushbu jamoa futbolchilari 4 maydan boshlab mashg‘ulotlarga kirishishadi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lum qildi.

Futbolchilarga maydonda ijtimoiy masofa saqlagan holda harakat qilishadi. Ularga kiyim almashtirish xonasi va sport zallariga kirish taqiqlanadi.

Mashg‘ulot asosan individual bo‘lib, uchta mashg‘ulot maydonida bir soat davom etadi. Har bir maydonda bir vaqtning o‘zida 2 nafar futbolchi shug‘ullanadi — maydonning har yarmida bittadan. Ta’kidlanishicha, texnik xodimlar qatnashmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!