A Seriya klubi uchun mavsum tugadimi?
"Breshiya" klubi prezidenti Massimo Chellino A Seriya joriy mavsumi davom ettiriladigan bo‘lsa ham jamoa maydonga qaytmasligi haqida aytib o‘tdi.
"Yana bir marotaba qaytaraman, agar chempionat davom ettiriladigan bo‘lsa ham yigitlarni maydonga tushishiga ruxsat bermayman. Yaxshisi, bizdan ochkolarni olib tashlay qolishsin. Barcha javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman.
Futbolimiz rahbarlari Breshiyadagi ahvolni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishsin. Men A Seriyadan chetlatilish xavfidan qo‘rqmayman, klub esa bankrotlikdan uzoqda. Agar bu yuz beradigan bo‘lsa ham yana bir mavsumdan so‘ng A Seriyaga qayta olamiz", - deydi prezident.

Fikrlar