A Seriya klublari anchadan beri Chempionlar ligasini yuta olmayapti

  • 01.06.2025 04:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tunda Chempionlar ligasining final bosqichida Luis Enrika boshchiligidagi PSJ Simone Indzagining "Inter"ini 5:0 hisobida mag‘lub etib chempion bo‘ldi. Shu tariqa, Italiya klublari 15 yildan buyon YChLDA chempionlikni qo‘lga kirita olmayapti. 
 
Milanliklar hamon Italiyadan EChLning so‘nggi g‘olibi bo‘lib turibdi - ular 2010 yilda g‘alaba qozonishga erishgan edi. O‘shanda Italiya umumiy sovrinlar soni bo‘yicha Ispaniya bilan tenglashib (12 tadan), u bilan birinchi o‘rinni bo‘lishgan edi. 
 
O‘shandan buyon La Liga jamoalari EChLDA sakkiz marta g‘alaba qozonib, yagona peshqadamga aylanishdi. Shuningdek, inglizlar ham italiyaliklarni ortda qoldirdi: so‘nggi 15 yil ichida APL klublari 4 ta g‘alaba qozonib, jami sovrinlar soni 15 taga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!