A Seriya. Konte boshqaruvidagi "Inter" yana peshqadamga aylanib oldi
"Ludji Ferraris" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Stefano Sensi, Aleksis Sanches hamda Roberto Galyardinilar tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar safida Yakub Yankto bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa, milanliklar hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

Fikrlar