
A Seriya. Lukakuning dubli "Inter"ni peshqadamga aylantirdi
Italiya A Seriyasining 22-turida “Inter” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi.
Milandagi o‘yinda 3:1 hisobida “neradzurrilar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Inter”ga g‘alaba keltirgan gollarga Romelu Lukaku (22', 45') va Lautaro Martines (64') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Latsio”ning yagona golini Sergey Milinkovich-Savich 61' kiritdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Inter” o‘z hisobidagi ochkolarni 50 taga etkazib oldi va musobaqa jadvalida “Milan”ni ortda qoldirgan holda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Latsio” esa 40 ochko bilan 7-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar