A Seriya. Markaziy uchrashuvda "Roma"ning qo‘li baland keldi
A Seriyada turning markaziy bahsi "Yuventus" - "Roma uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin rimliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Yagona gol muallifi - Janluka Manchini. Himoyachi 53-daqiqada uzoq masofadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni ochdi. Ushbu gol yagonaligini saqlab qolib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Roma" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Yuventus" esa 8-pog‘onoga tushib ketdi.

Fikrlar