A Seriya. "Milan" soʻnggi daqiqalarda magʻlubiyatdan qutulib qoldi
A Seriyaning 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Fiorentina" o‘z maydonida "Milan" jamoasini qabul qildi. Bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Bellashuvda hisob 66-daqiqada Komusso tomonidan ochildi. Biroq o‘yning so‘nggi 90-daqiqasida Nkunku aniq zarba yo‘llab, "rossonerilar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Massimiliano Allegri shogirdlari jamg‘argan ochkolari soni 40 taga yetgan bo‘lib, jamoa turnir jadvalidа 2-o‘rinni egalab turibdi. "Fiorentina" esa 14 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Fiorentina
- Pietro Comuzzo 66'
Tugadi
1
:
1
11.01.2026 19:00
AC Milan
- Christopher Nkunku 90'



Fikrlar