
A Seriya. Qiyin kechgan bahsda "Inter" "Atalanta" ustidan muvaffaqiyatga erishdi
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida "Inter" "Atalanta" bilan bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 54-daqiqasida Augusto o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘yinning 87-daqiqasida Lautaro Martines hisobni 2 taga etkazdi. Ushbu g‘alaba orqali "nerazzurilar" 64 ochko to‘plagan holda, 1-o‘rinni mustahkamladi. Ikkinchi o‘rindagi "Napoli"da esa 61 ochko mavjud. Bergamoliklar 58 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Fikrlar