
A Seriya. Shomurodov 1 soatdan ko‘proq vaqt harakat qilgan bahsda "Spetsiya" nursiz durangga imzo chekdi
A Seriya 36-tur doirasida "Lechche" - "Spetsiya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Mazkur bellashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Spetsiya" safida asosiy tarkibda maydonga tushirildi va 63-daqiqada zaxiraga olindi.
Ahamiyatlisi, jamoalar uchrashuvda atigi bittagina aniq zarba yo‘llay olishdi. U ham bo‘lsa, mezbonlar hisobiga qayd etildi.
1 ochkoni qo‘lga kiritgan "Spetsiya" 31 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. 33 ochkosi mavjud bo‘lgan "Lechche" esa 16-pog‘onaga joylashgan.
Fikrlar