A Seriya. Vlaxovich dubl qayd etgan uchrashuvda "Yuventus" "Latsio"ni mag‘lub etdi

Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Latsio" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Maydon egalari safida Vlaxovich dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Keza nomiga yozib qo‘yildi. Mehmonlarning yagona golini Alberto kiritdi.

Shu tariqa, "Yuve" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 10 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Latsio" 3 ochko to‘plagan holda 15-o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!