A Seriya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ikkinchi klub nomi ham ma’lum bo‘ldi
Italiya B seriyasi 36-turida "Krotone" "Livorno"ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng klub o‘z tarixida ikkinchi marotaba A Seriya yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Krotone" 2016/2017 mavsumda A Seriyada debyut qilgan va keyingi mavsumdayoq qo‘yi divizionga yo‘l olgan edi.
B Seriya 36 turidan so‘ng, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.
Oldinroq, "Benevento" klubi A Seriya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.



Fikrlar