A Seriya. “Yuventus” “Bolonya”ni yanchib tashladi

 

Italiya chempionati 19-turida “Yuventus” o‘z maydonida “Bolonya” futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli kechgan o‘yinda turinliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Gonsalo Iguain hisobni ochgan bo‘lsa, 41-daqiqada Dibala penaltidan gol urdi.

54-daqiqada Iguain o‘z hisobiga dubl yozib qo‘ydi. Mazkur gol o‘yinda so‘nggisi bo‘ldi va “Yuventus” ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

Yuventus – Bolonya 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar:  1:0 – 7 Iguain, 2:0 – 41, penalti Dibala, 3:0 – 54 Iguain.

Yuventus – Neto, Lixtshtayner, Bardzali, Kellini, Asamoa, Markizio, Xedira (Rinkon, 81), Sturaro, Dibala, Pyanich (Kuadrado, 70), Iguain (Mandjukich, 73).

Bolonya – Mirante, Torosidis, Ikonomu, Mayetta, Masina, Donsa, Viviani, Jemaili (Pulgar, 71), Kreychi (Ritstso, 71), Destro, Di Franchesko (Mune, 88).

Ogohlantirishlar:  Lixtshtayner (17), Torosidis (35), Di Franchesko (45).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!