A Seriyada iste’fo yuz berdi
Italiya chempionati 11 turida "Breshiya" safarda "Verona"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan so‘ng "Breshiya" bosh murabbiy Eudjenio Korinini iste’foga chiqarildi.
49 yoshli mutahassis boshchiligida klub o‘tgan mavsumda B seriya g‘oliblini qo‘lga kiritishgan edi. Joriy mavsumda "Breshiya" A Seriya 10 turidan so‘ng 18-o‘rinni egallab turibdi. Klub ohirgi uch uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.
Italiya nashrlariga ko‘ra, Korinining bo‘shab qolgan o‘rniga "Kalyari" sobiq ustozi Diego Lopes asosiy davogar sifatida ko‘rilmoqda.
Shuningdek, short-listga Chezare Prandelli Davide Nikola va Juzeppe Yakini kiritilgan.

Fikrlar