A Seriyada jahon chempionatlarida o‘ynagan biror italyalik futbolchi qolmadi
A Seriya A chempionatida jahon chempionatida o‘ynagan birorta ham italyalik futbolchi qolmadi.
Bu qiziq holatga ijtimoiy tarmoqlarda sport jurnalisti Juzeppe Pastore e’tibor qaratdi. Uning qayd etishicha, bunday vaziyat Mattia Perinning Turinning «Yuventus» klubidan Italiya ning ikkinchi divizionida ishtirok etadigan «Palermo»ga o‘tishi, shuningdek, himoyachi Matteo Darmian ning Milan ning «Inter» jamoasi bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylanishi ortidan yuzaga keldi.
Perin va Darmian 2014 yil Braziliyad a bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Italiya terma jamoasi ro‘yxatiga kirgan edi. O‘shanda «Skuadra Adzurra» guruh bosqichidan chiqolmagan. Shu musobaqadan keyin Italiya terma jamoasi jahon chempionatlariga yo‘l olishni uddalay olmadi va ketma-ket uchta — 2018, 2022 va 2026 yildagi Mundiallarni o‘tkazib yubordi.
Natijada, hozirgi mavsum uchun Seriya A chempionatiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan 200 nafar italyalik futbolchi orasida jahon chempionatida ishtirok etgan birorta ham o‘yinchi yo‘q.

Fikrlar